Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi yozda Frantsiyaning "PSJ" klubiga o'tishi haqida frantsiyalik jurnalist Tyago Asmar xabar tarqatmoqda.
Uning so'zlariga qaraganda, ushbu bitimda asosiy rolni parijliklar hujumchisi Neymar bajarmoqda. Braziliyalik futbolchi Messini Parijga ko'chib o'tishga deyarli ko'ndirib bo'ldi. Lionelni yana braziliyalik futbolchi bilan birga to'p surish imkoniyat vasvasaga solmoqda.
Shuningdek, qayd etilishicha, go'yoki Messi o'z qarorini "PSJ" futbolchilar orasida tashkil etilgan WhatsApp ijtimoiy tarmog'i guruhida e'lon qilgan.