"Barselona" hujumchisi: "Jamoadan ketish haqida o'ylamayapman"
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Martin Breytveyt jamoadan ketish haqida o'ylamayapti.
— Shu qishki transfer bozorida "Barselona"dan ketish uchun hech qanday variant yo'q, shuningdek, kelayotgan yozda ham. Keyingi mavsumda mana shu erda o'z maqsadim uchun kurashaman. Ushbu mavsumda etarlicha sovrinlarga qo'lga kiritish imkoniyatimiz bor va bu mening asosiy maqsadlarimdan biri. Men ushbu sovrinlarni qo'lga kiritishdan boshqa narsa haqida o'ylamayapman. Shuning uchun men har kuni ertalab uyg'onib, ko'proq mehnat qilyapan, — dedi Breytveyt TV3 bilan suhbatda.