«Barselona» so'nggi 14 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi
"Barselona" Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 23ta o'yindan keyin 47 ochko to'pladi. "Ko'k-anorranglilar" 14ta g'alaba, 5ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etdi."Stats Foot" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar so'nggi 14 yil ichida La liga doirasida eng yomon natija qayd etdi.Mavsum-2006/07da "Barsa" Primeraning dastlabki 23ta bahsidan keyin 46 ochko to'plagan edi.