Lionel Messi La Ligada Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi
«Barselona» La Liga 24-turi doirasida 21 fevral kuni «Kadis»ga qarshi kechgan bahsda 1:1 hisobini qayd etdi.Uchrashuvning 32-daqiqasida Lionel Messi penaltini golga aylantirgan holda, jamoasining o'yindagi yagona goliga muallif bo'ldi.Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatida penaltidan urilgan 73-gol bo'ldi. Messi bu borada «Real» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordini (72) yangiladi.Messi «Barselona» asosiy jamoasida 2004 yildan buyon to'p surib keladi. Ronaldu esa 2009—2018 yillar mobaynida Primerada harakat qilgan.