Kuman Depayni "Barselona"da ko'rmoqchi, rahbariyat esa Agueroni afzal ko'rmoqda
"Barselona" "Lion" hujumchisi Memfis Depayga qiziqish saqlab qolgan.
Niderlandiyalik futbolchini shaxsan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman o'z jamoasida ko'rmoqchi. "Barseloan" esa Depayni bosh transfer maqsadi sifatida ko'rmayapti va "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroni afzal ko'rmoqda.
27 yoshli Depayning "Lion" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, frantsuz klubi hujumchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi.
Qayd etish kerakki, Serxio Aguero yozda erkin agentga aylanadi va tomonlar bitimni uzaytirish borasida kelishuvga erishishmadi.