Buskets "Barselona" safidagi 700-o'yinida ishtirok etdi. Undan Xavi va Messi ko'proq o'ynagan
"Barselona" yarim himoyachisi Sergi Buskets Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real Betis"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi klub safidagi 700-uchrashuvini o'tkazmoqda. Bu kataloniyaliklar tarixidagi uchinchi natija - faqat Lionel Messi (778) va hozirgi bosh murabbiy Xavi (767) "Barsa"da ko'proq o'ynagan. Buskets 2008 yilda "Barselona" safida debyut qilgan.
Klubdagi eng yaxshi 5talikka Andres Inesta (674) va Jerar Pike (616) kiradi.