«Barselona» braziliyalik futbolchining transferini hal qildi
«Barselona» klubi navbatdagi braziliyalik iqtidor egasining transferi borasida kelishuvga erishdi. "San-Paulu" jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Gustavo Mayya yozgi transfer paytida Kataloniyaga ko'chib o'tadi. "Ko'k-anorranglilar" futbolchining ustuvor huquqi uchun 1 million evro to'lashdi. Kelishuvga ko'ra, "Barsa" shu yilning 15 iyuliga qadar yana 3,5 million evroni "San-Paulu" hisob-raqamiga o'tkazib berishi kerak. Mayya "San-Paulu" klubining asosiy tarkibida debyut qilmagan. "Barselona" skautlari uni yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'yinlarda kashf qilishgan. Chap qanot yarim himoyachisi San-Paulu shtatining yoshlar kubogi musobaqasida 7ta o'yinda 3ta gol urgan.
BestMaster
20-Mart 2020,15:30
20-Mart 2020,15:30
O'xshash yangiliklar
22:19 Barselona 4-1 Alaves
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (282/+0)
Yangiliklar (28701/+9)
UzFIFA Yangiliklari (03.05.2024)
Futbol TV Yangiliklari (03.05.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9687/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1620)
Eng ko'p o'qilgan
27-Aprel
10:50
18:30
30-Aprel
20:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)