"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Al-Ittihod"ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Relevo nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Saudiya klubi germaniyalik posbonga rasmiy taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, "Al-Ittihod" darvozabon pozitsiyasini mustahkamlash niyatida, chunki klub kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha OChLning 1/8 finalda saudiyaliklar Namanganning "Navbahor" jamoasini turnirdan chiqarib yubordi.
Hozirda "Al-Ittihod" safida Karim Benzema va N’Golo Kante o'ynamoqda. Joriy mavsumda 31 yoshli Ter Shtegen “Barselona” safida 21 o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 20 ta gol o'tkazib yubordi.
Transfermarkt portali kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan Germaniya terma jamoasi posbonni 35 million evroga baholamoqda.
25-Fevral 2024,17:10