«Slaviya» bosh murabbiyi Indrjix Trpishovski «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, 2011 yilda Chexiyaning boshqa bir jamoasi — "Viktoriya Plzen" kataloniyaliklarga qarshi o'ynagan edi.«O'shanda chipta topa olmaganim uchun o'yinni televizor orqali tomosha qilgan edim. Ertangi o'yin uchun menda bitta chipta bor. Omadim keldi.Futbol olami Messini hamisha eslab yuradi. Jahondagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. U o'z nomini futboli tarixiga abadiylashtirib qo'ydi.Gvardiola davridagi Xavi va boshqalarga qarshi qanday o'ynash mumkinligi haqidagi savolni men hamisha o'z oldimga qo'yib kelganman.Bunday o'yinda ishtirok etish men uchun katta faxr. «Barselona» o'yinchilari – buyuk ijodkorlar. Bir kun kelib bunday o'yinda qatnashaman deb o'ylamagan edim», – dedi Trpishovski.
23-Oktyabr 2019,09:10
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0