Flik Mourinoning «Real»ga kelishi haqida fikr bildirdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik madridliklar boshqaruvini qo'lga oladigan Joze Mourino bilan bo'lajak raqobat haqidagi savolga javob berdi. Portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» rulida Alvaro Arbeloani almashtiradi.
La Liganing so'nggi turi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi o'yindan (1:3) so'ng jurnalistlar Flikka Madriddagi murabbiy almashinuvi borasida savol berishdi.
— Mourinoning kelishiga tayyormisiz?
— Albatta. U ham boshqalar kabi shunchaki bir murabbiy, — deya qisqa javob qaytardi germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» ushbu mavsumda 94 ochko jamg'arib, La Liga chempioniga aylandi. «Real» esa 86 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38008/+17)
UzFIFA Yangiliklari (24.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (24.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1865)
Eng ko'p o'qilgan
22-May
16:40
20-May
18:50
19-May
01:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





416