Arauxo «Inter» uchun juda qimmatlik qiladi

Milanning «Inter» klubi «Barselona» bilan beqaror mavsumni o'tkazgan va jamoadagi kelajagi noma'lum bo'lib turgan urugvaylik himoyachi Ronald Arauxoga qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Biroq Arauxoning transferi «Inter» uchun moliyaviy jihatdan imkonsiz bo'lib chiqdi.
Italiyaning Corriere della Sera nashri xabariga ko'ra, «Barsa» 27 yoshli himoyachi uchun 50 million evro talab qilmoqda. Bu «Inter» uchun juda katta mablag' hisoblanadi, ayniqsa jamoaning Chempionlar ligasini erta tark etgani klub byudjetiga sezilarli zarba bergan bir paytda.
Vaholanki, milanliklar yaqinda o'z tarixida 21-bor Italiya chempioniga aylangan edi. Shunday qilib, Arauxoning Milanga kelishi amrimahol.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38008/+17)
UzFIFA Yangiliklari (24.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (24.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1865)
Eng ko'p o'qilgan
22-May
16:40
20-May
18:50
19-May
01:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





407