
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong La Liganing so'nggi turi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi o'yindan so'ng o'z kelajagi haqidagi savolga javob berdi. «Ko'k-anorranglilar» 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi, biroq shunga qaramay, Madridning «Real» klubini sakkiz ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida ishonchli tarzda birinchi o'rinni egallashdi.
Final hushtagidan so'ng 29 yoshli niderlandiyalik futbolchi intervyu berib, unda jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi barcha mish-mishlarni inkor etdi.
«Barselona»da qolishimga 100 foiz ishonchim komil. Bunga hech qanday shubha yo'q», — deya de Yongning so'zlarini Barca Universal nashri keltirmoqda.
Frenkining shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Yakunlangan mavsumda xavbek 38 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.





408