
«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik yakunlangan mavsumda himoyachi Jerar Martinning muvaffaqiyatlarini alohida qayd etdi. Avvallari mudofaaning chap qanotida o'ynagan 24 yoshli futbolchi markaziy himoyachi sifatida qayta shakllalandi va yangi pozitsiyada o'zini ko'rsata oldi.
«Martinning o'sishi shunchaki aql bovar qilmas darajada. Dublda o'ynashdan asosiy jamoaning boshlang'ich tarkibigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tish — bu hayratlanarli. Biz barcha futbolchilarimizda aynan shunday ishtiyoqni ko'rishni xohlaymiz. Jerar bularning barchasiga loyiq edi», — deya Flikning so'zlarini The Touchline nashri keltiradi.
«Ko'k-anorranglilar» La Ligada Madridning «Real» klubini sakkiz ochkoga ortda qoldirib, mavsumni birinchi o'rinda yakunlashdi. So'nggi turda kataloniyaliklar «Valensiya»ga imkoniyatni boy berishdi (1:3).





411