«Barselona» prezidentlik saylovi natijalarini e'lon qildi

Ko'rildi: 2499

«Barselona» klubi rasmiy saytida kataloniyaliklar prezidenti saylovi yakunlari va ovoz berish natijalarini e'lon qildi.Ovoz berish natijalariga ko'ra, klubning amaldagi rahbari Joan Laporta g'alaba qozondi. U 68,18% ovoz to'pladi. Unga 32 934 nafar saylovchi ovoz bergan.Laportaning raqibi Viktor Font esa 29,78% ovoz oldi. U uchun 14 385 nafar kishi ovoz bergan. Shuningdek, 984 ta byulleten (2,04%) bo'sh qolgan.

Shu tariqa, Laporta «Barselona» prezidenti lavozimiga uchinchi marta saylandi. Ispaniyalik funktsioner avval 2003–2010 yillarda, shuningdek 2021–2026 yillarda ham klubni boshqargan.Ma'lum qilinishicha, u 1 iyuldan rasman o'z lavozimiga kirishadi va Kataloniya klubini 2031 yilgacha boshqaradi.