[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-580000_original.jpg[/readimg] “Barselona” La Liga 35-turi doirasida “Espanol” ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Kataloniya klubi safidagi yagona golga urugvaylik Luis Suares mualliflik qildi. Bu Suares uchun “ Barselona” safidagi 195-gol bo'ldi. Natijada Luis klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 3-o'rindagi Ladislao Kubaladan (194) o'tib ketdi. Luisdan oldinda Leo Messi(630 ta gol) va Sesar Rodriges (232 ta gol) bor.