[readimg]https://pbs.twimg.com/media/Ecb_Z2yXYAAo0tn?format=jpg&name=large[/readimg] Suares: "Men shunchaki dunyoning eng yaxshi jamoasi uchun o'ynashni yaxshi ko'raman" Suares "Barselona" uchun 195-golini urdi. Kubalani ortda qoldirib, urugvaylik tarixdagi eng yaxshi uchinchi to'purar bo'ldi. -"Dunyoning eng yaxshi jamoasi uchun o'ynashdan zavqlanaman. Men juda baxtiyorman va klubning uchinchi to'purari bo'lganimdan g'ururlanaman",dedi Luis Suares Movistarga “Espanyol”ni 1:0 hisobida mag'lub etgandan so'ng. 195 ta gol bilan u 1951-1961 yillar orasida "Barselona" da o'ynagan Laslo Kubalani ortda qoldirdi. 33 yoshli futbolchi bu marraga 206 ta o'yinda erishdi, demak u har bir uchrashuvda 0,94 ta gol urgan. Faqat Sezar Rodriges Alvares (232 ta gol) va Leo Messi (630) urugvaylikga qaraganda ko'proq golga egalar. Shunigdek Luis Suares o‘yin haqida to‘xtaldi. -"Espanyol"ning turnir jadvalidagi og‘ir holati tufayli o‘yin qiyin kechishini bilardik. Yakshanba kungi o‘yindagi charchoq alomatlari bugun baribir sezildi. Shunga qaramay, eng asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik. Vaziyatlar kam yaratilgani – raqibning yaxshi himoyalangani bilan bog‘liq. Raqib bo‘sh hudud qoldirmadi. Chetlatishlardan keyin esa vaziyat biroz o'zgardi." -"Endi bizdan talab qilinadigani qolgan uchta bahsda ham g‘alaba qozonib, "Real"ning qoqilishini kutishdir." Ma’lumot uchun, "Barsa" ochkolari sonini 76taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. "Real" hisobida esa 77 ochko bor. Madrid jamoasi tur doirasidagi uchrashuvini 10 iyul kuni "Alaves"ga qarshi o‘tkazadi. Manba: Twitter.com/MovistarFutbol