«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan «Espanol»ga qarshi o'yinga velosipedda keldi. Bu haqda RTE xabar tarqatdi.Ma'lumotlarga qaraganda, Pike koronavirus paytida atrof-muhit tozaligi uchun o'tkazilayotgan aktsiyaga qo'shilishga qaror qilgan. U katta tezlikda jurnalistlar yonidan o'tib ketgan hamda «Kamp Nou» stadioni erto'lasida joylashgan avtomobillar saqlash hududiga kirib ketgan.Avvalroq Pike mashg'ulotlarga elektrovelosipedda tashrif buyurgan edi.

???? "Lleva, llévame en tu bicicleta.Óyeme, @3gerardpique, llévame en tu bicicleta..." #VolverEsGanar pic.twitter.com/JBEBp2sl0w

— Fútbol en Movistar+ (@MovistarFutbol) July 8, 2020