Kike Seten Kataloniya derbisi o'yinidan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanida ishtirok etdib jurnalistlar savollariga javob berdi. -“Bugun unchalik yaxshi o'ynamadik..Haqiqat shundaki, bu juda qiyin o'yin edi. Espanyol bo'sh joylarni yaxshi yopdi va raqib jarima maydoniga kirish qiyin bo’lganilgi uchun gol urish qiyin bo'ldi.” -“Biz yechimlarni qidirmoqdamiz. ”Villarreal” bilan bo’lganidek o’ynamadik. “Espanyol”ning himoyasini buzish uchun yechim topishga harakat qildik, ammo ular yaxshi himoya qilishdi va bo'shliqlarni yopishdi.” -“Ansu Fati yakka-yakka vaziyatlarda ustunlik, qanotda tezlikni oshirib ko'proq bo'sh joy topish imkoniyatlarini yaratishi kerak edi. Uning chetlatilishi reja vayron bo'ldi. O'ylashimcha, uning qobiliyatlari bizga hali ko'p yordam beradi." -“Ansu bilan gaplashdim. To'p uchun duelda maydonda hech qanday aloqa bo'lmasligi uchun oyog'ini tortib olmoqchi edi.” -“Biz nimani kutayotgan bo'lsak, shuni amalga oshirmoqdamiz. Endi "Real"ni kutishimiz kerak. La Ligada har qanday narsa yuz berishi mumkin.” -“Luis Suares har doim gol urgan. U buni butun karerasida namoyish etdi va isbotlashda davom etmoqda." Manba: Twitter.com/Barcatimes