UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida Evropa chempionlar ligasining chorak final va yarim final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Kuchli jamoalar — "Real", "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya" klublarining setkaning bir tomoniga tushib qolishdi. Ular chorak final va yarim finalda to'qnash kelishadi hamda finalga ulardan faqat bittasi etib boradi. Chorak final juftliklari:1. "Real" / "Manchester Siti" — "Lion" / "Yuventus"2. "RB Leyptsig" — "Atletiko" 3. "Napoli" / "Barselona" — "Chelsi" / "Bavariya"4. "Atalanta" — "PSJ"Yarim final juftliklari:1-juftlik g'olibi — 3-juftlik g'olibi 2-juftlik g'olibi — 4-juftlik g'olibi Final mezbon — 2-yarim final g'olibi