[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-580218_original.jpg[/readimg] Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq himoyachisi Jovanni Van Bronkxorst "ko'k-anorranglilar" sardori Lionel Messining 2021 yilda jamoani tark etishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlarga izoh berdi. "Men Messibutun faoliyati davomida "Barsa"da o'ynashini istardim. U butun faoliyatini bir jamoaga bag'ishlagan kam soni afsonalardan biri bo'ladi. Men Leoga o'yinchi va inson sifatida qoyil qolaman, shu tufayli uning " Barselona"da qolishiga umid qilyapman. Messini 17 yildan beri bilaman. U buyuk futbolchiga aylandi, kelajagi uchun muhim qarorlarni o'zi qabul qila oladi. Men " Barselona"ni Messisiz tasavvur qilolmayman", — dedi niderlandiyalik sobiq futbolchi. Avvalroq Leo shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatgani, 2021 yilda klubni tark etishi to'g'risida xabar qilingandi.