Barcelona
[readimg]https://www.vbetnews.com/wp-content/uploads/2019/07/messi-1-1200x641.png[/readimg]
"Barselona" sardori bilan shartnoma kelasi yozda tugaydi. Messi shartnoma muddati tugashi bilan "Kamp Nou" ni tark etishni rejalashtirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Prezident Bartomeu muxlislarni Leoning klubda davom etishiga ishontirmoqda.
-"Biz Leo Messi bilan suhbatlashdik. U karerasini shu yerda tugatmoqchi, shartnomasini albatta yangilaymiz. Leo faoliyatini “Barselona”da davom etishiga shubha yo'q",- dedi "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu “Catalunya Radio”ga.
Avvalroq “Cadena SER” Messining shartnoma muddati 2021 yil iyunida yakunlanishi va “Blaugrana”ni tark etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
Ushbu mavsumda argentinalik 40 o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Terri Anridan keyin u 21-asrda bitta mavsumda +20 ta gol va +20 ta assistni qayd etgan ikkinchi o'yinchi bo'ldi.
Manba: Catalunya Radio
UB
Fikrlar 0