[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-580871_original.jpg[/readimg] "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoa forvardi Lionel Messining klubdagi kelajagi haqida gapirdi. "Biz Messibilan gaplashganmiz, gaplashyapmiz va gaplashamiz. U tarixdagi eng zo'ri, hali uning oldida futbolda ko'plab yillar bor. Leo ajoyib formada. Uning " Barselona"da qolishi borasida menda hech qanday shubha yo'q. Messifaoliyati yakunlanganidan so'ng ham klubda bo'ladi",- deydi Bartomeu. Argentinalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 23ta assist qayd etdi.