Kataloniyaning «Barselona» klubi shu yilning yozida o'z himoyachisi Samyuel Yumtitini sotishga tayyor.

Sport.es saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, frantsiyalik himoyachi katta ehtimol bilan faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Unga «Latsio», «Roma», «Napoli» va «Torino» klublari davogarlik qilmoqda. «Barselona» Yumtitining transferidan tushadigan mablag'ga yaxshiroq himoyachi sotib olish niyatida.