[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-581320_original.jpg[/readimg] Bu haqida “Don Balon” xabar bermoqda. “Inter Mayami” klubi “ Barselona” futbolchisi Arturo Vidalga taklif yubordi. Hozircha chililik futbolchi bu taklifga javob berganicha yo'q. 33 yoshli Vidal joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 40 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Devid Bekxemga tegishli klub Edinson Kavanini jamoaga taklif qilgan va rad javobini olgandi.