Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Usmon Dembele jamoa sport qarorgohida mashg'ulotlarni boshladi deya xabar bermoqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi 2019 yilning noyabr oyidan beri maydonga tushgani yo'q. Shu yilning fevral oyida Dembele "Barselona" mashg'ulotlarida jarohat olib, safdan chiqqandi. Shundan so'ng, futbolchi operatsiya qilingandi va mana endigina mashg'ulotlarga kirishdi.

???? Happy to see you again, @Dembouz!???? Ciutat Esportiva???? https://t.co/agvavI1MFI pic.twitter.com/bEHRqxywF0

— FC Barcelona (@FCBarcelona) July 14, 2020