"Bavariya" xo'jayini tan olishicha, u "Borussiya Dortmund" dagi fransuz qanot himoyachisini tomosha qilishni yaxshi ko'rgan. Rummenige, "Barselona" ning harakati Dembelening rivojlanishini to'xtatib qo'yganini tan oldi. -"Usmon Dembele Dortmundda bo'lganida uning o’yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko'rardim, u mening eng sevimli o'yinchilarimdan biri edi",- dedi "Bavariya" bosh direktori Karl-Xayns RummeniggeFrance Footballnashriga. Rummenigge Dembelening 2017 yilda "Barsa" ga o'tganidan buyon o’zining eng yaxshi tomomnlarini ko’rsata olmaganini tan oldi va qo'shib qo'ydi: -"U “Barselona”ga o'tganidan beri jarohatlari tufayli uning o'sishi to'xtab qolganligi achinarli". O'tgan yozda fransiyalik futbolchi Filipp Koutinyoning o'rniga "Bavariya" ga o’tishi mumkin edi degan xabarlar tarqalgandi. Ushbu mavsumda Dembele ketma-ket jarohatlari tufayli atigi to'qqizta o'yinda maydonga tushdi. Manba: France Football