Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Barselona" da Xavining radikal rejalari tufayli hamma ham qaytishini ma'qullamagan
Sobiq yarimhimoyachi Erik Abidal va boshqa rahbarlarni almashtirish uchun bir nechta nomzodlarni tanlab, klubni butunlay qayta qurmoqchi.
"Barselona" da hamma ham Xavi Kike Seten o’rniga bosh murabbiy bo’lishini xohlamaydi, deydiMundo Deportivo.
Yanvar oyidagi muzokaralar chog'ida sobiq yarim himoyachi o'zining radikal rejalari haqida gapirdi, bu rahbarlarga yoqmadi.
41 yoshli futbolchi klubni butunlay o'zgartirishni xohlaydi va hatto ba'zi nomzodlarga ham murojaat qiladi.
Masalan, Xavi sport direktori sifatida Erik Abidalni o'rniga Jordi Kroyffni afzal ko'radi.
Hozirda "Al Sadd" bosh murabbiyi "Barselona" futbolchilarining ushbu mavsumda ko'plab jarohatlari tufayli tibbiy xodimlarni almashtirishni ham tavsiya qilgan.
Xavi kelasi yil yozda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlaridan keyin darhol "Barsa" ga o'tishi mumkin degan mish-mishlar tarqalgan.
Manba: Mundo Deportivo
UB
Fikrlar 1
Chu saylovni mana chu yilli otkazishning iloji yoqmi