«Barselona» klubi Ispaniya La Liga 37-turi doirasida o'z uyida «Osasuna»ni qabul qiladi. «Ko'k-anorranglilar» ustozi Kike Seten ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Bir oy davomida jarohat davolagan Frenki de Yong tarkibga qaytdi. "Barselona"ning "Osasuna"ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi: Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto;Himoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Ronald Arauxo, Arnau;Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Artur, Serji Roberto, Frenki de Yong, Riki Puch, Arturo Vidal.Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Antuan Grizmann, Luis Suares, Ansu Fati.