[readimg]https://stadion.uz/images/news/UEFA_logo1.jpg[/readimg] The Times nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, UEFA kelasi yilgi mavsumda bo'lib o'tadigan EChL ham Evro-2020 musobaqalarda beshta o'yinchi almashtirish qoidasidan foydalanish niyatida emas. Eslatib o'tamiz, FIFA va Halqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi ushbu qoidani 2020/21 yilgi mavsumda ham o'z kuchida saqlab qolishi haqida qaror chiqargan, ammo, beshta futbolchi almashtirish qoidasidan foydalanish yoki foydalanmaslik musobaqa o'tkazayotgan tashkilotning ixtiyorida. UEFA ushbu qoida o'z jamoasida ko'plab yaxshi futbolchilarga ega bo'lgan top-klublarga ustunlik berishi mumkin deb hisoblamoqda.