"Barselona" Yevropaning eng yaxshi klublari ichida eng qari jamoalardan biriga aylandi va uni endi o'zgartirish kerak. Marcanashrining yozishicha, ushbu yozda "U23" ning kamida oltita o'yinchisi "Barselona" tarkibiga qo'shilishadi. "Barsa B" futbolchilaridan Ansu Fati (17 yosh), Riki Puig (20) va Ronald Arauxo (21) ularning barchasi 2020/21 mavsumidan oldin birinchi jamoaga o’tishi kutilmoqda. Ijarada o’ynayotgan Fransisko Trinkao (20), Pedri (17) va Mateus Fernandes (22), o'z jamoalarida ijara muddatlarini yakunlash arafasida. Va nihoyat, hozirgi transfer oynasida “Blaugrana”ning asosiy maqsadi bo'lgan Lautaro Martines (22) ham “Kamp Nou”ga kelishi mumkin. Manba: Marca