[readimg]https://championat.asia/upload/storage/581833_original.jpg[/readimg] "Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real"ning Ispaniya chempionatidagi g'alabasi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. " Real" o'z ishini qoyilmaqom tarzda uddaladi. Restartdan so'ng birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmaslik – qoyil qolmay iloj yo'q (" Real" mavsum restartidan keyin barcha o'yinlarda g'alaba qozondi – Championat.asia). Lekin " Real"ning g'alabasida qaysidir manoda bizning ham ulushimiz bor. Endi biz katta masshtabda tahlil qilishimiz zarur va bu narsa futbolchilardan boshlanishi shart. Biz – " Barselona" va biz har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur",– dedi Leo Messi.