PSJ va Franciya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan "Barselona"ni boshqarishi mumkin. Kike Setenning istefosi haqida gapirilayotgan bir paytda " Barselona" boshqaruvi uchun nomzodlar ko'p emas. " BarselonaB" bosh murabbiyi Xaver Garsiya Pimenta bu joyga yagona nomzod bo'lgan. Bundan avvalroq Loran Blanning agentiga aylangan Jorje Mendeshning " Barselona" bilan aloqalari yaxshi. Portugaliyalik Blanni Kataloniya klubi vakillariga taklif etgan. Muzokaralar muvaffaqiyatli o'tishi malum emas, sababi Blan vaqtinchalik murabbiy bo'lishni xohlamaydi, u uzoq muddatli loyiha qurmoqchi. Qayd etish kerakki, Blan 1996-1997 yillar davomida " Barselona"da o'ynagan. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-581995_original.jpg[/readimg]