
Foot Mercato nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" "Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi bilan shartnoma imzolamoqchi. Futbolchi klub rahbariyati bilan kelisha olmayapti va jamoasini o'zgartirishga tayyor.
Kataloniyaliklar Genduzi uchun braziliyalik futbolchisi Filippe Koutinoni taklif qilmoqda. "Barselona"ga Koutino kerak emas. U joriy mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tkazmoqda. Ma'lumot uchun, "Arsenal" futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0