
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 38-turi doirasida «Alaves»ga qarshi o'yin (5:0)da ikkita gol urdi. Shu tariqa, 33 yoshli futbolchi La liganing joriy mavsumidagi gollari sonini 25taga etkazib oldi. Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatida ketma-ket 11ta mavsumdan beri kamida 25ta gol urmoqda.Messining eng yuqori ko'rsatkichi 2011/12 yilgi mavsumga to'g'ri kelgan edi. O'shanda u La liganing bir mavsumida 50ta golga mualliflik qilgan.Messining so'nggi 11 mavsumda La ligada urgan gollari:2009/10 – 342010/11 – 312011/12 – 502012/13 – 462013/14 – 282014/15 – 432015/16 – 262016/17 – 272017/18 – 342018/19 – 362019/20 – 25
Fikrlar 0