[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-582298_original.jpg[/readimg] "Barselona" ustozi Kike Seten jamoa hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi. "Men Lionel bilan boshqalar kabi munosabatdaman. Ayrim futbolchilar ochiq muloqotga kirishishadi, shu sababli tez-tez gaplashamiz, ammo bizning munosabatlarimiz yaxshi. " Barselona"ning hozirgi holati haqida ko'p gaplashdik. Joriy mavsum CHempionlar Ligasi uchun jiddiy maqsadlarimiz bor",- deydi mutaxassis. Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar Ispaniya chempionatini 2-o'rinda yakunlashdi. Jamoa CHLning 1/8 final javob o'yinida "Napoli" bilan o'ynaydi.