
"France Football" jurnalining 2020 yilda «Oltin to'p» sovrinini hech kimga topshirmaslik haqidagi qaroriga «Barselona» o'z munosabatini bildirdi. Nashr o'z qarorini koronavirus pandemiyasi paytida musobaqalar taqvimi o'zgarib ketgani, ba'zi turnirlar bekor qilingani bilan izohladi. «Biz tushunamiz. Shundoq ham kim eng kuchli ekanini barcha biladi», — deyiladi «Barselona» matbuot xizmati Tvitter orqali tarqatgan xabarda. Ushbu xabarga Lionel Messining surati ilova qilindi.
We understand. Besides, everyone knows who the best is.https://t.co/u8f3i307NN pic.twitter.com/mqWt1hvspg
— FC Barcelona (@FCBarcelona) July 20, 2020
Fikrlar 0