
"Marca" nashri Ispaniya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha ishonchni oqlamagan futbolchilardan ramziy jamoani tuzib chiqdi. Undan Antuan Grizmann, Xunior Firpo (ikkisi — "Barselona"), Luka Yovich ("Real"), Joau Feliks ("Atletiko") kabi futbolchilar o'rin olishdi.Ishonchni oqlamagan futbolchilar ramziy jamoasi quyida ko'rinishda bo'ldi:Darvozabon — Yasper Sillessen («Valensiya») Himoyachilar — Terri Korreya («Valensiya»), Fernando Kalero («Espanol»), Xunior Firpo («Barselona») Yarim himoyachilar — Roni Lopesh («Sevilya»), Denis Suares («Selta»), Matias Vargas («Espanol»), Joau Feliks («Atletiko») Hujumchilar — Antuan Grizmann («Barselona»), Luka Yovich («Real»), Borxa Iglesias («Betis»).
Fikrlar 0