[readimg]https://pbs.twimg.com/media/EdZsSZiXkAc1K5R?format=jpg&name=medium[/readimg] "Las-Palmas" mavsumning so'nggi o'yinida "Ekstremadurani" 5-1 hisobida mag'lub etganida ispaniyalik gol urdi. Pedri fursatdan foydalanib, klubga minnatdorchilik bildirdi, chunki keying mavsumni "Barsa"da o’tkazadi. “Men jamoaga o'z hissamni qo'shganimdan juda xursandman, ammo menga hamma narsani bergan stadion bilan xayrlashuvdan biroz afsusdaman",dedi Pedri "Las Palma" ning "Ekstremadura" ni 5-1 hisobidagi g'alabasidan so'ng. “Meni o'rab turgan barcha insonlardan, jamoadan, klubdan mamnunman va ular uchun faqat minnatdorchilik so'zlarini aytaman." "Barsa" Pedri bilan shartnomani 2019 yil sentyabrida yakunladi va unga mavsumni “Kanarekalar” bilan yakunlashga imkon berdi. Yarim himoyachi kelasi mavsum oldidan mashg'ulotlarni boshlash uchun ushbu yozda "Kamp Nou" ga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Manba: RAC1