Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegenni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. 

Manbaning xabariga ko'ra, "ko'klar" ter Shtegen uchun darvozaboni Kepa Arrisabalagani almashishga tayyor. Shu tariqa, "Chelsi" Mark-Andrening tovon pulini tushirmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, ter Shtegen "Barselona" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayatp.