[readimg]https://championat.asia/upload/storage/582579_original.jpg[/readimg] "Barselona" keyingi marta o'z bazasida 28 iyul kuni yig'iladi. Bunga qadar esa barcha futbolchilar bir haftalik tatilga chiqishadi. Yagona istisno esa Usmon Dembeledir. U formasini yig'ib olish shu haftada mashg'ulot markaziga qaytadi. "Barselona" bazasida shug'ullanadigan yana bir futbolchi urugvaylik Ronald Arauxo bo'ladi. U "Barselona B" bilan shug'ullanadi. Jarohatlangan francuz futbolchilari - Antuan Grizmann, Samuel Umtiti va Kleman Langlelar uylarida tiklanishadi. Manba: CA