Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Messining Valverde bosh murabbiyligida urgan gollari 100tadan oshdi.
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/zk/1xGQd9bnGeEai6imIIjEwOWfyejKps_normal.jpg[/readimg]
[b]«Barselona» La Liganing 11-turida o‘z maydoniga «Valyadolid»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (5:1).
Ushbu bahsda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi dublga erishdi va yana 2ta golga assistentlik qildi. Uning «Valyadolid» darvozasiga kiritgan birinchi to‘pi Ernesto Valverde bosh murabbiyligi davrida urgan 100-golidir.
Argentinalik futbolchi bundan avvalgi bosh murabbiy Luis Enrike davrida 158ta o‘yinda 153ta gol urgan. Gvardiola davrida esa 219ta o‘yinda 211 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
Shuningdek, Messi ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urdi. Bungacha u «Sevilya» (4:0), «Eybar» (3:0) va «Slaviya»ga (2:1) qarshi bahslarda ham maydonni golsiz tark etmagandi.[/b]
UB
Fikrlar 0