[readimg]https://sun3-10.userapi.com/c855016/v855016284/139e61/rCPyZGavCVc.jpg[/readimg] [b]"Barselona" Ferran Torresga qiziqmoqda. "Ko`rshaparaklar" hujumchisi Evropa grand klublari e`tiboriga tushdi. Unga "Barselona" bilan birga "Liverpul" va "Borussiya D" klublari ham qiziqmoqda. Ta'kidlanishicha, Dortmundning "Borussiya" klubi ispaniyalikni yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Jeydon Sanchoning o'rniga munosib nomzod sifatida ko`rmoqda. Nemis klubi Torresga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. "Valensiya" ham Torresni sotishga tayyor, ular 20 million evrolik takliflarni ko'rib chiqishlari mumkin. Ushbu mavsumda Torres o'nta o'yin o'tkazdi va bitta golli o`zatmani qayd etdi. Uning "Valensiya" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyungacha amal qiladi.[/b]