Aftidan, "Barselona" ning sobiq o'yinchisi Loran Blan jamoaning yangi murabbiyi bo'lmaydi. ESPN-jurnalisti Moises Llorents xabariga ko'ra, "Barselona" Loran Blanni jamoaning yangi murabbiyi sifatida ko'rib chiqmayapti. Blan Setienni o'rniga murabbiy bo'lish uchun nomzodlar qatorida edi. "Barselona"ning sport direktori Erik Abidal, Blanni 2020/21 yilgi mavsumda jamoani boshqarish uchun maqbul variant deb o'ylagan edi. Ammo Xosep Bartomeu allaqachon Setienni qo'llab-quvvatlashini aytib o'tgan. Setien uchun vaziyat faqatgina "Barselona" "Chempionlar Ligasi"da yaxshi qatnasha olmasa o'zgarishi mumkin.