[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/Um/bccAUJpeFb9oSTjLYCbZNPsUgGCZgd_normal.jpg[/readimg] [b]Argentina milliy jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti «Barselona» hujumchisi Lionel Messi eng yaxshi ekanini isbotlashi uchun «Real»ga o‘tishi kerakligini aytdi. «Messiga qarshi gaplarni aytayotgandek tuyulishim mumkin. Ammo u katta o‘yinlarda ishtirok etmasa, uy o‘yinlari futbolchisi bo‘lib qolaveradi. «Real»ga o‘tishi uchun esa juda katta shijoat kerak. U o‘zini xuddi Ronaldu kabi Madridda namoyon qilishi shart. Aks holda oddiy futbolchi bo‘lib qolaveradi», - deb Gatti so‘zlarini keltirmoqda El Chiringuito de Jugones. Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi «Oltin to‘p»ning 5 karra sohibi hisoblanadi. Bu mavsumda u La Liga doirasida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.[/b]