[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-582918_original.jpg[/readimg] Kataloniyaning "Barselona" klubi Ansu Fati uchun yangi bitim tayyorlamoqda, deb xabar qildi Diario Sport. Takidlanishicha, 17 yoshli vinger bilan hamkorlik shartnomasi yaqinda (2019 yilning dekabr oyi) yangilangan, ammo "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Fatiga "Manchester Yunayted"ning jiddiy qiziqishlari fonida futbolchi bilan yangi bitim imzolash zarur degan qarorga kelgan. Avvalroq Sunday Express nashri " Barselona" rahbariyati Fatini sotishga tayyorligi to'g'risida xabar qilgandi.