
"Barselona" hujumchi Ansu Fatiga yangi shartnoma tayyorlamoqda, deya xabar tarqatdi, Sport.es.Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 17 yoshli futbolchiga Evropaning top-klublari tomonidan bo'layotgan qiziqishlardan xavotirga tushishmoqda. Ular orasida "Manchester Yunayted" ham bor. Shu bois, jamoa Fati bilan yaxshilangan shartnoma imzolamoqchi. "Ko'k-anorranglilar" so'nggi marta 2019 yilning yozida Ansu bilan shartnoma imzolagan edi. Endi esa "Barsa"ning hujumchining maoshini oshirmoqchi.2019/20 mavsumda Fati "Barselona" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Transfermarkt.com uning narxini 50 million evroga baholagan.
Fikrlar 1
Zor bolardi