«As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi. Bu haqda 40 yoshli mutaxassisning o'zi instagram orqali xabar tarqatdi. Shu bilan birga, u o'zini yaxshi his qilayotganini, hozirda esa karantinda ekanini ma'lum qilgan. Xavi bugun Qatar chempionatida doirasida «Al-Xor»ga qarshi o'yinda jamoani boshqara olmaydi. Uning o'rnini yordamchi murabbiy David Prats egallaydi.