Xosep Bartomeu: Messi o'z faoliyatini "Barselona"da yakunlamoqchi ekanligini ko'p marotaba aytgan, shuning uchun men Leoning "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashiga shubha qilmayman. Ter Shtegen bilan shartnomani yangilash ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Va nafaqat uning mahorati tufayli, balki shaxsiyati va munosabati tufayli ham. Suaresning shartnomasi 2021 yilda tugaydi, ammo Luis Suaresni "Barselona"dagi o'yinlari ma'lum bir miqdorga yetsa, uning shartnomasi 2022 yilgacha uzaytiriladi.