[readimg]https://championat.asia/upload/storage/583366_680.jpg[/readimg] Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Xosep Bartomeu, jamoa bosh murabbiyi Kike Setienni qo'llab-quvvatladi. "Setienning klub bilan kelasi mavsumga ham mo'ljallangan shartnomasi mavjud. Men Kikega va uning murabbiylar shtabiga ishonaman. U keyingi yil CHempionlar Ligasini yutishi mumkin", - deydi Bartomeu Mundo Deportivo nashriga. Eslatib o'tamiz, ma'zkur mutaxassis "Barselona" boshqaruviga kelganidan buyon uning klubni qachon tark etish masalasi qizg'in muhokama qilinayotgan edi. Manba: Mundo Deportivo