[readimg]https://championat.asia/upload/storage/583442_680.jpg[/readimg] "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen haqida gapirdi. "Menimcha, eng asosiysi ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish. Nafaqat darvozabon sifatida, balki futbol va hayotga bo'lgan munosabati tufayli ham. U echinish xonasidagi etakchidir va jamoaning kelajagida ham muhim o'yinchi bo'ladi. U darvozabonlik standartlari bo'yicha hali juda yosh, ammo yuqori saviyada. Ter Shtegen dunyoning eng kuchli uch darvozabonidan biridir",- deydi Bartomeu. Eslatib o'tamiz, ter Shtegen "Barselona"ga 2014 yilning yozida "Borussiya" (Myunxengladbax)dan 12 million evro evaziga o'tgandi. Manba: elmundodeportivo.es